
Musobaqada -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov ilk jangini turkiyalik Samet Gumusga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq Hasanboy Do'smatovning ustunligi ostida kechdi va unda bokschimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Hasanboy navbatdagi jangini Tojikiston yoki Qirg'iziston bokschisiga qarshi o'tkazadi.
Bugun 11 nafar bokschimiz IBA Jahon chempionatida ringga ko'tariladi (to'liq ro'yxat)