
Musobaqada -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Akmaljon Isroilov ikkinchi jangini Qozog'iston vakili Daulet Tulemissovga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq davom etdi va unda Akmaljon Isroilov 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Jang davomida bokschimiz raqibini nokdaun holatiga ham solib qo'ydi.
Endi Isroilov navbatdagi jangini rossiyalik SHarabutdin Ataevga qarshi o'tkazadi.
Bugun 11 nafar bokschimiz IBA Jahon chempionatida ringga ko'tariladi (to'liq ro'yxat)