SportUz.Net
iks
ads

"O'zbekistonda berkinib yurishni bas qil". UFC jangchisi SHavkat Rahmonovga murojaat qildi

10.12.2025 12:12    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik UFC jangchisi Xoakin Bakli qozog'istonlik SHavkat Rahmonovni jangga chorladi.

Bakli SHavkatni jang uchun shartnoma imzolashga chaqirib, "Nomad" undan qochayapti, degan ishorani qildi.

"O'zbekistonda berkinib yurishni bas qil, qo'rqoq. Sen hech qachon men kabi tezlikka ega bo'lgan raqib bilan to'qnashmagansan. Mening bosimimga ham duch kelmagansan. Mendagi kuchga ega jangchi bilan ham jang qilmagansan. Sen o'ziga yaratilgan obraz evaziga yashayapsan, men esa shu obrazni yo'qotish uchun bu erdaman.

Sen keyingi davogar bo'lish haqida gapiryapsan, shuning uchun sening yo'lingda turibman. Marhamat, biror narsa qilib ko'r. Bilasanki, men bilan jang sening asl basharangni ko'rsatib qo'yadi: kamchiliklaringni, ikkilanayotgan joylaringni, chegaralaringni. SHuning uchun sening jamoang Kill Cliff meni tilga olmaydi. Genri Xuftning o'zi uning yigitlari men bilan jang qilmasligi kerakligini aytgan.

Hozir shuni senga aytyapman, SHavkat. Bakgomedov sening orqangdan kelyapti. Hech qanday davogarlik haqida gap bo'lmaydi. Hech qanday bahona. SHunchaki shartnomani imzola", — deb yozdi Bakli o'zining Instagram sahifasida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: