
"Agar matchmeykerlar menga Topuriya bilan jang taklif qilishsa, albatta qabul qilaman. Lekin bu jangni hozir o'zim taklif qilishim kerakmi? Yo'q, hozir emas. CHunki men har doim jangchilar muayyan raqibga qarshi jang qilish imkoniyatini o'z mehnati bilan topishi kerak, deb ishonganman. SHu bois bazi odamlar men revansh imkoniyatini adolatsiz tarzda oldim deyishlari mumkinligini tushunaman. Balki Iliyaga qarshi jang qilish uchun yana bir g'alaba kerak bo'lar. SHunda UFC engil vaznidagi chempionlik kamari uchun haqiqiy ikkinchi imkoniyatga ega bo'laman.
Ochig'i, Iliya — haqiqiy dahshat. Uning nokaut kuchiga ega ekani doim xavfli. Agar men u bilan yana o'sha taktikada jang qilsam, birinchi jangdagi vaziyat takrorlanishi mumkin. Lekin agar to'g'ri jang qilsam, albatta yuta olaman. Men hali ham o'zimni dunyodagi eng kuchli jangchilardan biri deb hisoblayman. SHuning uchun revansh jangimiz avvalgisidan mutlaqo boshqacha bo'ladi", — dedi Volkanovski.