
BAA sharafini himoya qilayotgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Durovni navbatdagi jangida sekundant bo'lib berishga chaqirgandi.
"Pavel aka, keyingi jangda mening burchagimda bo'lasizmi?" - deb yozdi "Borz" ijtimoiy tarmoqda vatandoshiga murojaat qilib.
"Bu men uchun sharaf bo'ladi", - deb javob berdi milliarder.
"Kelishdik!", - dedi CHimaev.
- Seni sovg'a kutyapti, - qo'shib qo'ydi Durov.
Avvalroq, Xamzat CHimaev Ramazon oyidan keyin oktagonga qaytishini malum qilib, divizion reytingida 2-o'rinni egallab turgan franciyalik Nassruddin Imavovning navbatdagi raqibi bo'lishini aytgandi.
Milliarder Pavel Durov yaqinda Xabib Nurmagomedov bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib, UFC shon-shuhrat zali azosining cheklangan raqamli papaxalarini uch yuz million rubldan ko'proqqa sotgandi.
