
Promoushen tomonidan Tumanli Albionda dunyoning eng kuchli Ligasi turniri o'tkazilishi elon qilindi. Unga ko'ra, Londondagi O2 Arena 2026 yilning 21 mart kuni bo'lib o'tadigan UFC turniriga mezbon vazifasini bajaradi. SHu yil Londonda bo'lib o'tgan oqshom UFC tarixidagi Fight Night turnirlari orasidagi eng yuqori daromad keltirgan musobaqa bo'lgandi.
"London - janglar uchun dunyoning etakchi shaharlaridan biri. Bu erda ashaddiy muxlislar, aql bovar qilmas muhit mujassam. O'tgan safar bu erda bo'lganimizda, UFC tarixida Fight Night doirasida kassa yig'imi bo'yicha rekord o'rnatdik. London har doim ishonchni oqlaydi, qaytishni intiqlik bilan kutaman", - dedi UFC prezidenti Dana Uayt.
