SportUz.Net
iks
ads

Bugun IBA Jahon chempionatida Olimpiada chempionimiz yurishini boshlaydi

06.12.2025 11:36    


Rasmni yuklab olish

Dubay shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning bugungi kun dasturida uch nafar charm qo'lqop ustamizga muxlislik qilamiz.

Olimpiada chempioni, ikki karra jahon chempioni Abdumalik Xalokov aynan bugundan o'z yurishini boshlaydi. Buxorolik bokschimiz ekvadorlik Kevin Moskueraga qarshi ringga ko'tariladi. Asilbek Jalilov turkiyalik Sadai Axiskali, Fazliddin Erkinboev esa qirg'izistonlik Sirgak Abdijapar uulu bilan hisob-kitob qiladi.  

Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:

-54 kg: Asilbek Jalilov - Sadai Axiskali (Turkiya) V ring. 18:45

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Kevin Moskuera (Ekvador) A ring. 19:45

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Sirgak Abdijapar uulu (Qirg'iz Respublikasi) A ring. 21:30


Bugungi janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00, ikkinchi dastur esa 22:00da start oladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: