
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelmoqda.
"Eng yaxshilar eng yaxshilar bilan jang qilishlari kerak. Kamar uchun jang ololmagan eng yaxshi aralash yakkakurash ustasi - bu Leron Myorfi. Movsar allaqachon Diego Lopesni mag'lub etgan. Endi u Leron Myorfini engib, chempionlik uchun navbatdagi davogar ekanligini isbotlasin.
Movsar - erkak! Imkoniyat so'rab o'tirmaydi. U Leron Myorfini mag'lub etib, jiddiy taklif kiritadi. Va kim chempion bo'lsa, Aleksandr Volkanovski yoki Diego Lopes, u bilan jang qiladi", - deya Abdel-Azizning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
