SportUz.Net
photo photo

UFC jangchisi: Fergyusonga qarshi revansh xohlayaman

24.02.2021 19:20    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Kevin Li Toni Fergyusonga qarshi jang qilish istagi borligini malum qildi.

"Men o'zimni yaxshi his qilyapman va oktagonga qaytishga tayyorman. Toniga qarshi revansh tashkillashtirilishini istayman. Bu jang ikkimizni ham asl joyimizga qaytaradi. Fergyusonning 36 yoshga kirgani u uchun hammasi tugadi deganimas. Unda hali ko'p imkoniyatlar bo'ladi deb o'ylayman. 

Konor-Pore? Bu Konor uchun ham yo'qotish, ham imkoniyat. CHunki hamma uning engilganidan keyingi holatiga qiziqadi. SHuning sababli navbatdagi janglarida muxlislar Konorning qay tarzda mag'lub bo'lishiga qiziqishadi. Konorning engilishi unga qarshi oktagonga ko'tarilishimga imkoniyat. Menga Tonini, unga esa Neytni bering, yil oxirida Makgregorga qarshi jang qilmoqchiman. Porega qarshi uchinchi jang Konorning ahmoqona qarori. 

Hozir Firas Zaxabi bilan mashg'ulotlar olib boryapman, u kareram so'ngigacha mening murabbiyim bo'lib qolishini istayman. CHendler? U o'z vaqtida, o'z joyida kerakli raqibga qarshi jang qila oldi. Xuker unga qarshi mos raqib bo'ldi, ammo CHendler biroz passivroq jang qildi. Xabib? Unga faoliyatini tugatishga imkon bering. U sportni sog'insa oktagonga qaytishi mumkin", - deb aytdi Li. 

Eslatib o'tamiz, Li-Fergyuson jangi 2017 yil oktyabrda bo'lib o'tgan. O'shanda Fergyuson g'alaba qozonib UFCning vaqtinchalik chempionlik kamariga ega chiqqandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: