SportUz.Net
iks
ads

Inoue WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi

25.11.2025 08:21    


Rasmni yuklab olish

Yaponiyaning Tokio shahrida navbatdagi professional boks turniri tashkil etildi.

Oqshom doirasida yaponiyalik 29 yoshli bokschi Takuma Inoue 27 yoshli hamyurti Tenshin Nasukavaga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundlik jang eng engil vazn toifasida (53,5 kg gacha) vakant bo'lib turgan WBC chempionlik kamari uchun kechdi.

To'liq 12 raund davom etgan jangda hakamlarning yakdil qarori bilan Inoue 116-112, 116-112 va 117-111 hisoblarida g'alaba qozondi.

Takuma Inoue to'rt vazn toifasida jahon chempioni Naoya Inouening ukasi hisoblanadi. Bungacha u engil vazn toifasida WBA kamari sohibi bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: