SportUz.Net
iks
ads

"Agar u meni turtganida, uni o'sha zahoti o'ldirgan bo'lardim" - Carukyan bilan Topuriya videosi haqida

25.11.2025 09:36    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda UFC bayrog'i ostida jang qiladigan arman millatiga mansub aralash yakkakurash jangchisi Arman Carukyan mag'lubiyatsiz Iliya Topuriya ishtirokidagi videoga izoh berdi.

Arman amaldagi chempionning undan shapaloq egani haqidagi video versiyasini rad etdi. SHuning barobarda rossiyalik jangchi ispaniyalik hamkasbining ikkiyuzlamachi xatti-harakatlarini tanqid qildi.

"Iliya yolg'onchi. U kelib meni quchoqladi, endi esa urganini aytyapti. Agar u meni ursa, kularmidim? O'sha erning o'zida o'ldirib qo'yardim. Agar seni urishgan bo'lsa-yu, sen hech narsa qilmagan bo'lsang - sen erkak emas, axlatsan! Sen bu hayotda nolsan... Bu bachchag'ar haqida gapirishni istamayman. U soxta odam. Hayotda o'zingni yaxshi yigitdek tutasan, internetda esa safsata sotishni boshlaysan. Men senga o'xshagan soxta emasman", - dedi Carukyan The Ariel Helwani Show Yutub-kanali uchun jonli efirda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: