SportUz.Net
iks
ads

World Boxing prezidenti bo'lgan Golovkin endi Qozog'iston MOQdan ketadimi? GGG javob berdi

24.11.2025 16:39    


Rasmni yuklab olish

World Boxing prezidentiga aylangan Gennadiy Golovkin Qozog'iston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatidagi faoliyati haqidagi savolga javob berdi.

Golovkin hozircha Qozog'iston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatidagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotgani yo'q.

"Yigitlar, mening maqsadim shunchaki ruhlantirish emas — sizlar buni yaxshiroq tushunasiz deb o'ylayman. Sportchilar bilan birga bo'lish men uchun sharaf. SHu bilan men ularga — men ham sportchilar tomonda ekanligimni ko'rsataman. Eng avvalo, MOQni namoyon qilaman. Biz sportchilarimizga hamma narsa mumkinligini, o'zlariga ishonish kerakligini tushuntiraman. Bu ruhlantirishning kichik qismi xolos.

Men Milliy Olimpiya qo'mitasida qolish uchun bor kuchimni sarflayman. SHunchaki qolish uchun emas, buning uchun bor kuchimni beraman. Malum maqsadlar, bilimlar bor.

MOQda amalga oshirilgan ishlar, biz MOQ va Xalqaro Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikni qanday darajaga olib chiqqanimizni ko'rib turibsiz. Biz poziciyamizni yo'qotmaymiz deb o'ylayman. Mamlakat ham, muxlislar ham qo'llab-quvvatlaydi — biz olg'a yuramiz. Rejalar ulkan", — dedi Golovkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: