SportUz.Net
iks
ads

Islam Maxachev: "Ertaroq vaznimni ko'tarmaganimdan biroz afsuslandim"

24.11.2025 15:48    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Islam Maxachev yarimo'rta vazn toifasidagi debyuti haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Roppa-rosa uch oy uyda bo'lmadim. Jangdan so'ng darxol uyga qaytmoqchi edim, ammo boshqa rejalar bor edi.

Doimo yarimo'rta vazn toifasida jangg qila olishim haqida o'ylaganman. Kamroq vazn haydashni reja qilgandim - shunday bo'ldi. Gavda borasida Maddalenaga yutqazmayman, barchada imkoniyatlar teng edi. Vaznimni ertaroq ko'tarmaganim uchun biroz afsuslandim ham", - dedi Maxachev. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: