
UFC 323 oqshomining asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, gruziyalik 34 yoshli Merab Dvalishvili hamda rossiyalik 32 yoshli sobiq chempion Pyotr Yan o'rtasida kechadi.
Pyotr Yan chempionlik jangi va mag'lubiyat uchun revansh olish maqsadida AQSHga yo'l oldi.
"Oldinda uzoq yo'l: Moskva — Dubay — Los-Anjeles — Las-Vegas", — deya tegishli surat ostida kichik izoh qoldirgan Yan.
Malumot uchun, Petr professional MMAda 19 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan. Merab esa MMAdagi faoliyatini Yan singari 2014 yilning yanvar oyida boshlagan. 2017 yilning dekabridan UFC jangchisi sifatida oktagonga chiqib kelyapti. Ayni paytda Dvalishvili 14 g'alabali seriya bilan kelmoqda. Bu o'zi jang qilayotgan divizion uchun UFC rekordi hisoblanadi.
