
Turnir doirasida UFC sobiq chempionlari Tayron Vudli va Anderson Silva o'rtasidagi jang ham bo'lib o'tadi. Vudli jarohat olib, jangni tark etgan Kris Vaydmenning o'rniga ringga chiqadi. Amerikalik va braziliyalik o'rtasidagi olti raundlik jang professional maqomga ega bo'ladi va 195 funt (88,45 kg) vazn toifasida o'tkaziladi.
"O'zgarishlar shunchaki yuz bermayotganiga ishonaman. Men o'z ishimni yaxshi bajarish, raqibimni hurmat qilish va boks olamiga to'liq hurmat ko'rsatishga etibor qaratyapman", - deya izoh qoldirgan Silva yangilikka.
Malumot uchun, 43 yoshli Tayron Vudli 2021 yilda Jeyk Polga ikki marta yutqazgandi. Tayron blogerga qarshi ilk jangda hakamlarning ayri qarori bilan yutqazgan bo'lsa, revansh jangida nokaut bilan mag'lubiyatga uchragan edi. U o'shandan beri musobaqalarda ishtirok etmagan.
Roppa-rosa 50 yoshli Anderson Silva esa so'nggi bor o'tgan yilning iyun oyida ringga ko'tarilib, azaliy raqibi CHel Sonnenga qarshi ko'rgazmali jangni durang natija bilan yakunlagan edi. Braziliyalikning professional boksdagi rekordi uchta g'alaba va ikkita mag'lubiyatdan iborat. Mag'lubiyatlaridan birini 2022 yilda Jeyk Poldan qabul qilib olgan.
