SportUz.Net
iks
ads

Den Xuker Arman Carukyan jarohat olganini aytmoqda + FOTO

22.11.2025 15:36    


Rasmni yuklab olish

Den Xukerning aytishicha, uning bugungi jangdagi raqibi Arman Carukyanni eski jarohati bezovta qila boshlagan.

Bu haqda yangi zelandiyalik jangchi The Maclife nashriga bergan intervyusida malum qildi. Arman oktagonga yuz foiz formada chiqmasligi mumkin, chunki u yil boshida Islam Maxachevga qarshi jangi bekor qilinishiga sabab bo'lgan bel jarohatiga yana duch kelgan, deb  hisoblamoqda Xuker.

"Bilmadim, balki buni yashirishayotgandir. U yashayotgan mehmonxonaga massaj uchun borgan do'stim Carukyan bilan ishlagan uqalovchi (massajist) jarohat olgan bel qismiga engilgina massaj olganini gullab qo'ygan. Umid qilamanki, u buni aytgani uchun ishdan bo'shatilmaydi", - dedi Xuker.

Xuker rossiyalik jangchilar haqidagi hech qanday faktlar bilan tasdiqlanmagan hikoyalari bilan mashhur. Ammo bu safar yangi zelandiyalikning malumotlarini Carukyan mashg'ulotlariga bag'ishlangan videobloglardan biri bilvosita tasdiqlaydi, unda Arman ham tasvirlangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: