
"Vazn toifasidan qati nazar, eng yaxshilar haqida gap ketganda Xamzat CHimaev ham buyuklar qatorida etirof etiladigan yigit. U hozir shu ro'yxatda. Xamzat serqirra, har tomonlama juda yaxshi tayyorlangan. Ilgari men unga qarshi Bo Nikal va Robert Uittaker kabi jangchilarda yaxshi imkoniyat bor deb o'ylardim, ammo hozir uni kim mag'lub etishi mumkinligini bilmayman - u shunchaki to'xtatib bo'lmaydigandek ko'rinmoqda", - dedi afsonaviy kanadalik Jorj Sent-Perr.
Bir kun avval Qatarga do'sti Arman Carukyanni Den Xukerga qarshi jangda qo'llab-quvvatlash uchun kelgan Xamzat CHimaev oyog'ida kichik jarrohlik amaliyoti o'tkazishini, chempionlik kamarini esa Ramazon oyidan keyin himoya qilishni rejalashtirayotganini malum qilgandi.
