
"Menda shunchaki qaytish uchun sabab yo'q, - dedi Fyuri FurociTV telekanaliga bergan intervyusida. - Yoshim 37 da, oxirgi 25 yil davomida boshimga kaltak eganman, nima uchun qaytishim kerak? Ilgari men bu ishni pul va kamarlar uchun qilardim. Hozir esa sarflashim mumkin bo'lganidan ko'ra ko'proq pulim va cheksiz miqdordagi kamar va unvonlarim bor. Bu meni baxtliroq qiladimi? Yo'q. Men istalgan vaqtda boksga qaytish imkoniyatiga egaman, lekin shunchaki bunga xohishim yo'q. Bugun menga bir milliard funt taklif qilishingiz mumkin - hech narsa o'zgarmaydi".
Eslatib o'tamiz, so'nggi bor 2024 yilning dekabr oyida Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tarilgan Fyuri o'tgan 11 oy davomida faoliyatini yakunlash yoki davom ettirish borasida bir necha bor o'z poziciyasini o'zgartirdi. Avvaliga u dam olishga ketayotganini aytdi, bir necha oy o'tgach, u ijtimoiy tarmoqlarda mashg'ulotlardan olingan videolarni namoyish etib, qaytib kelishini faol ravishda ishora qila boshladi. Bir vaqtning o'zida Aleksandr Usik bilan uchinchi jang sanasini ham aytdi - 2026 yil aprel! Biroq, so'nggi paytlarda Fyuri yana hech qachon boks bilan shug'ullanmoqchi emasligini ayta boshladi.

Jervonta Devisga qarshi jangga tayyorgarlikda Jeyk Polga kimlar yordam berishi malum