SportUz.Net
iks
ads

Jervonta Devisga qarshi jangga tayyorgarlikda Jeyk Polga kimlar yordam berishi malum

25.10.2025 12:18    


Rasmni yuklab olish

Bloger va shoumen Jeyk Pol TMZ Sports nashriga bergan intervyusida engil vaznda WBA chempioni Jervonta Devisga qarshi kechadigan jangiga tayyorgarlikda sparring sheriklari kim bo'lishini ochiqladi.

"Mashg'ulot lagerimizda jahon chempionlari bor. Ulardan biri ikkinchi yarim engil vazn toifasidagi Rey Ford. Yana Montana Lav ham menga yordam beryapti. Yana shu hafta SHakur Stivenson ham keladi. SHunday ekan, men uning darajasidagi jangchilarga qarshi sparringlar o'tkazaman. Ha, butun umr boks bilan shug'ullanadigan yigitlarga qarshi sparring janglar.

Hozir biz kuchga emas, balki tezlikni rivojlantirishga ko'proq etibor qaratyapmiz. Bu safar kuch mashqlari bilan biroz kamroq shug'ullanaman. Vaznimni kamaytirish uchun ozgina mushak massasini tashladim desam ham bo'ladi. Va buning evaziga mening zarbalarim tezroq uchmoqda", - dedi Pol.

SHakur Stivenson bugungi Amerikaning eng yorqin bokschilardan biri. U engil vazn toifasida WBC kamari sohibi hisoblanadi. Polning Devisga qarshi ko'rgazmali maqomdagi jangi 14 noyabr kuni AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: