
"Seni sindiraman, Umar! Bautista esa seni yana muloyimgina qilib, joyingni ko'rsatib qo'yadi", - deb yozdi Dvalishvili Nurmagomedovning ijtimoiy tarmoqdagi postlaridan biridagi izohida.
Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan UFC 321 turnirida Umar Nurmagomedov amerikalik Mario Bautistaga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, shu yil Merab Dvalishvili Nurmagomedovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Rossiyalik 2026 yilda chempion bilan yana bir bor jang o'tkazmoqchi.
Dvalishvili 7 dekabr kuni yana bir rossiyalik Pyotr Yanga qarshi jangda kamarini himoya qiladi. Merab 2025 yil hisobidan chempionlik kamarini to'rtinchi bor himoya qiladi.
