SportUz.Net
iks
ads

Bobousmon Baturov bir yillik tanaffusdan keyin yana ringga qaytdi

21.10.2025 11:06    


Rasmni yuklab olish

Toshkent shahrida AAA promouterlik kompaniyasi o'z prof boks oqshomini tashkil etdi.

Ahamiyatlisi, musobaqa doirasida o'zbekistonlik taniqli charm qo'lqop ustasi Bobousmon Baturov ham chiqish qildi.

Hamyurtimiz turnirda qirg'izistonlik Jarkinbek Zakirbek Uuluga qarshi jang o'tkazib, ochkolar evaziga g'alaba qozondi.

Jang 6 raund davom etdi.

Bu Baturov uchun prof boksdagi oltinchi jang edi. Endi uning hisobida 4 ta g'alaba va 2 ta durang bor. 

Eslatib o'tamiz, Bobousmon so'nggi jangini 2024 yilning noyabr oyida Rossiyaning Ekaterinburg shahrida kongolik Maykl Kingga qarshi o'tkazib, durang qayd etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: