SportUz.Net
iks
ads

Saidyoqub Qahramonov va Xolmurod Nurmatov ishtirok etadigan Dubaydagi ACA 194 turniri chiptalari qanchadan sotilayotgani malum bo'ldi

21.10.2025 09:15    


Rasmni yuklab olish

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri 23 oktyabr kuni MMA bo'yicha ACA 194 turniriga mezbonlik qiladi.

Oqshomning markaziy jangi eronlik og'ir vaznli Amir Aliakbari (15-4) hamda amerikalik Toni Jonson (18-9-1) o'rtasida kechadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqa doirasida ikki hamyurtimiz — Saidyoqub Qahramonov (12-3) hamda Xolmurod Nurmatov (15-8-1) ham oktagonga ko'tariladi.

Sobiq UFC jangchisi hisoblangan Qahramonov ACA 194 turnirida pokistonlik Rafiq Afridi (10-2) bilan to'qnash kelsa, Nurmatov rossiyalik tajribali Umalat Israilov (17-5)ga qarshi bahs olib boradi.

Malum bo'lishicha, hozirga kelib, turnir uchun chiptalar 70,84 AQSH dollaridan boshlab, 453,41 dollargacha bo'lgan narxlarda sotilmoqda. Oktagonga yaqin joylar uchun chiptalar esa allaqachon tugagani aytilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: