SportUz.Net
iks
ads

SHohjahon Ergashev vaznini o'zgartirmoqchi

21.10.2025 09:39    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik professional bokschi, super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev bo'lg'usi rejalari haqida gapirdi.

"Agar vaznimni yarim o'rta divizionga (66,5 kg) ko'taradigan bo'lsam, ko'proq ishlashim kerak bo'ladi. CHunki bu vazndagilar ham baquvvat. Hozir har kuni mashg'ulotlardan keyin 20-30 daqiqa kuchga qaratilgan mashqlarni ham qilyapman. Oktyabr oyida yarim o'rta vazn toifasida bitta jang o'tkazib ko'raman. Yaxshi bo'lishi kerak hammasi", deydi Ergashev.

33 yashar SHohjahon so'nggi bor joriy yilning fevral oyida Farg'onada tashkil etilgan boks oqshomi doirasida ugandalik Junju Pauer bilan jang qilib, birinchi raundda TKO orqali g'alaba qozongandi. Uning hisobida jami 26 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: