SportUz.Net
iks
ads

Mendes: "UFC rahbariyati Evloevga etibor bermayapti"

21.10.2025 09:12    


Rasmni yuklab olish

AKA MMA sport zali asoschisi Xaver Mendes yarim engil vazn toifasidagi rossiyalik jangchi Movsar Evloev haqida fikr bildirdi.

"Movsarning vaziyatiga qaranglar, UFC rahbariyatidagilar unga etibor berishmayapti, chunki uning janglari unchalik qiziq emas, garchi u chempionlik unvoniga loyiq bo'lsa-da. Menimcha, u birinchi raqamli. SHon O'Melli qanday qilib zerikarli janglardan so'ng chempionlik imkoniyatlarini oldi?", deydi Mendes.

Evloev so'nggi jangini 2024 yilning dekabr oyida tashkil etilgan UFC 310 turniri doirasida Aljameyn Sterlingga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. U ayni damda yarim engil vazn toifasida UFC reytingi peshqadami bo'lib turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: