Mazkur turnirda hamyurtimiz Mujibillo Tursunov yarim finalda jang o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Bokschimiz final ostonasida ukrainalik Danilo Lozanga qarshi ringga ko'tarildi.
6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Mujibillo Tursunov ochkolar evaziga (57-57, 59-55, 58-56). g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi
Endi u musobaqa g'olibligi uchun finalda Karlos Utria (Kolumbiya) va Ntetelo Nkosi (JAR) to'qnashuvi g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi.
Final janglari 5 dekabr kuni o'tkaziladi.
Rahmonovning menejeri: "CHempionni kutishning iloji yo'q - o'zimizni eslatib qo'yishimiz kerak"