Britaniyalik promouter Saul Alvares va Terens Krouford o'rtasidagi jangni o'tkazgani uchun UFC rahbariga emas, balki Turki Al ash-SHayxga minnatdorlik bildirish kerakligini aytgan edi.
"Boshqa tomondan, Eddiga o'xshagan odamning bunday gaplarni gapira boshlaganini eshitganingizda, bu menga allaqachon o'z faoliyatini tugatgan siyosatchini eslatadi... Oxirgi 20 yilda qaerda eding? Sen boksni rivojlantirish uchun hech narsa qilmading, endi men aralashib, bu katta janglarni o'tkazmoqchiman. Endi esa sen shunchaki gapirib o'tirasanmi?
Bu yigitlar hech qachon keng miqyosda fikrlashmagan, shunchaki ular o'z bizneslarini qandaydir noto'g'ri boshqarayotganlarini ko'rishmaydi va kutilmaganda Eddi boksni o'zgartirmoqchi, falon narsani tuzatmoqchi va men bilan raqobatlashmoqchi. Bu kulgili, men unga o'xshaganlar haqida o'ylamayman ham", - dedi Uayt YouTube’dagi 3 Knockdown Rule kanalida.
Rahmonovning menejeri: "CHempionni kutishning iloji yo'q - o'zimizni eslatib qo'yishimiz kerak"
Umar Nurmagomedov: "Agar Yan Dvalishvilini nokaut qila olmasa, Merab uni xo'rlab tashlaydi"