SportUz.Net
iks
ads

Islam Maxachev Brendan Allenning jangiga qisqa munosabat bildirdi

19.10.2025 18:24    


Rasmni yuklab olish

Odatda Maxachev o'z divizioniga aloqasi bo'lmagan janglarga izoh bermaydi, ammo bu safar u amerikalik aralash yakkakurash ustasining chiqishini etiborsiz qoldirmadi.

O'rta vazn toifasi vakili Brendan Allen reytingda o'zidan besh pog'ona yuqorida turgan niderlandiyalik Rene de Ridderni texnik nokautga uchratib, chempionlik poygasidan chiqarib yubordi.

"Ajoyib chiqish", - deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqda jang yakunlari aks etgan videoni elon qilib.

Allen qisqa ogohlantirishda, yani jangga uch hafta qolganida oktagonga chiqdi va jarohat olgan Entoni Ernandesning o'rnini egalladi. Agar bu jangda de Ridder g'alaba qozonganida aynan u divizion chempioni Xamzat CHimaevning navbatdagi raqibiga aylanishi mumkin edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: