SportUz.Net
iks
ads

Rahmonovning menejeri: "CHempionni kutishning iloji yo'q - o'zimizni eslatib qo'yishimiz kerak"

19.10.2025 18:48    


Rasmni yuklab olish

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik yarim o'rta vazn toifasi vakilini muxlislari oktagonga qaytishini kamida uch oy kutishlariga to'g'ri keladi.

Bu haqda "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida "Nomad"ning menejeri Sayat Abdrahmanov malum qildi.

"SHavkatning sog'lig'ida muammolar bor edi. May oyida bizga Belal Muhammad bilan chempionlik kamari uchun jang qilish taklifini berishgandi, ammo afsuski, SHavkat jarohati tufayli bu jangni qabul qila oldi. Hozirda u to'laqonli mashg'ulotlarga kirishgan va katta ehtimol bilan yanvar oyi oxiri yoki fevral oyi boshida jangovar formada bo'ladi. Hozir shunday rejamiz bor. U allaqachon kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapti va kelasi yil boshida chiqish qilishni maqsad qilgan holda tayyorgarlik ko'rmoqda", - dedi Abdurahmonov.

SHuningdek, menejer Rahmonovning keyingi jangida UFC chempionlik kamari uchun oktagonga chiqishni rejalashtirmayotganini takidladi.

"Agar yarim o'rta diviziondagi vaziyat haqida gapiradigan bo'lsak, bir yil oldin u erda davogarlar etishmasdi, ammo hozir aksincha, ular juda ko'p. Ularning ko'pchiligi o'zaro hisob-kitob qilmoqda: SHon Bredi Maykl Morales bilan, Karlos Prates Leon Edvards bilan, Ian Garri Belal Muhammad bilan. Yana sobiq chempion Kamaru Usmon ham bor. Yani, vaziyat shundayki, shunchaki chempionni kutishning iloji yo'q - qaytish, o'zingizni yorqin eslatish va yana kamar uchun jang qilish imkoniyatiga ega bo'lish kerak. SHuning uchun, noyabr oyida bu janglar qanday o'tishini, diviziondagi vaziyat qanday o'zgarishini ko'ramiz va shundan keyin keyingi qadamlar tashlanadi", - deya tushuntirdi Abdurahmonov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: