Xabaringiz bor, yaxshigina mukofot jamg'armasiga ega ushbu turnirda hamyurtimiz Mujibillo Tursunov ham o'zining g'olibona yurishini davom ettiryapti. Biroz avval 1/2 final ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida hozir bo'lishdi.
Tursunov final chiptasi uchun ukrainalik Danilo Lozanga qarshi ringga ko'tariladi. Tarozida Mujibillo raqibidan engilroq tosh bosdi. Lozan - 64,3 kg, Tursunov esa roppa-rosa 64 kg vazn ko'rsatdi.
Malumot o'rnida, charm qo'lqop ustamiz prof faoliyati davomida hozirga qadar 8 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Lozan hisobida esa 15 ta g'alaba bor.
Drikus Dyu Plessi: "CHimaev Aleks Pereyraga qarshi jangda imkoniyatlarga ega bo'lmaydi"