SportUz.Net
iks
ads

Drikus Dyu Plessi: "CHimaev Aleks Pereyraga qarshi jangda imkoniyatlarga ega bo'lmaydi"

18.10.2025 14:45    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Drikus Dyu Plessi avgust oyida kamarini boy bergan Xamzat CHimaev yarim og'ir vaznga ko'tarilmasligi va Aleks Pereyraga qarshi jang qilmasligi kerak, deb hisoblamoqda.

"Menimcha, Xamzatda Pereyrani mag'lub etish imkoniyati yo'q, - dedi Dyu Plessi Fight Forecast’ga bergan intervyusida. - Fikrimcha, Pereyra hozirda eng yaxshi jangchilardan biri, umuman olganda, yakkakurashning barcha turlarida eng buyuklaridan biri. U gavda jihatidan ham juda yirik. 

Hatto yaqinda yarim og'ir vazn toifasida Ankalaevga qarshi jangda ham u shunchaki aql bovar qilmaydigan darajada katta ko'rindi. SHuning uchun, bularning barchasi shunchaki gap-so'zlarga o'xshaydi - aslida bunday jang hech qachon amalga oshmaydi".




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: