SportUz.Net
iks
ads

"Hayron bo'lmadim". CHimaev Ankalaevning UFC 320 dagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi

18.10.2025 12:57    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Xamzat CHimaev Magomed Ankalaevning Aleks Pereyraga qarshi revanshdagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.

"Hayron bo'lmadim, chunki u Pereyra kuchli zarba beradi. Men doimo u yaxshi ura olishini bilganman. Agar u to'g'ri ursa, faqat Ankalaev emas, har qanday jangchida “yulduzlar uchadi”. SHuning uchun u urishi mumkin deb kutilgandi. 

SHu bilan birga, Ankalaev ham g'alaba qozonishi mumkin edi — birinchi jangda bo'lganidek. Men aniq kimnidir yutishini taxmin qila olmagandim. Agar odam yaxshi pancher bo'lsa, imkoniyat har doim 50/50 bo'ladi", — dedi CHimaev Aslanbek Badaevning YouTube-kanaliga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: