Tashkilotchilar musobaqadan o'rin olgan yana bir jangni elon qilishdi.
Unga ko'ra, joriy yilning mart oyiga qadar UFC'da faoliyat olib borgan gruziyalik Guram Kutateladze aynan ACA 194 turnirida mazkur Ligadagi debyut jangini o'tkazadi. Unga o'sha kuni boshqa bir sobiq UFC vakili, braziliyalik Viktor Xyugo raqiblik qilishi belgilangan. Jang engil vazn toifasida o'tkaziladi.
33 yashar Guram 2020-2025 yillar oralig'ida UFC'da 5 ta jang o'tkazib, 2 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Uning MMAdagi rekordi 13-5 ko'rinishida. 32 yoshli Viktor Xyugo hisobida esa 31 ta jangda qo'lga kiritilgan 25 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.
Malumot o'rnida, ACA 194 turnirida ikki o'zbekistonlik MMA jangchisi — Saidyoqub Qahramonov va Xolmurod Nurmatov oktagonga ko'tariladi.
"Hayron bo'lmadim". CHimaev Ankalaevning UFC 320 dagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi