Qizig'i, Zamorano chempionlik jangida ringga chiqmay turib ham WBC kamarini qo'lga kiritdi. Kamila shu kungacha birinchi engil vazn (46,26 kg gacha) toifasida vaqtinchalik WBC chempioni edi. Ushbu vaznda mutlaq jahon chempioni Tina Rupprext 33 yoshida faoliyatini yakunlaganini elon qilganidan so'ng Zamorana avtomatik ravishda to'laqonli WBC chempioniga aylandi.
Malumot uchun, Kamila Meksikada professional boks licenziyasini olish uchun ruxsat etilgan minimal yosh - 15 yoshga to'lganidan ko'p o'tmay professional boksda debyut qilgandi. Ikki yarim yil ichida u 12 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozondi (bittasida muddatidan oldin).
Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha tarixdagi eng yosh jahon chempioni puerto-rikolik Vilfred Benites hisoblanadi. U 1976 yil 6 mart kuni 30 yoshli Antonio Servantesni hakamlar qaroriga ko'ra ochkolar hisobida mag'lub etib, undan birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA chempionlik kamarini tortib olganida 17 yosh 5 oyu 24 kunlik edi.
Kamila Zamorano esa chempionlik kamari topshirilgan paytda 17 yoshu 9 oy 20 kunlik edi. Agar meksikalik 4 oy oldin bu natijaga erishganida, erkaklar o'rtasidagi rekordni ham yangilardi.