"Arman ham to'g'ri turib jang qilishda yomon emas... U yaxshi zarbachi, Topuriya undan zarba texnikasida ancha ustun deb o'ylamayman. Lekin zarba kuchi bo'yicha, ha, bu janglarda ko'rinib turibdi — Topuriya qattiqroq uradi. Hamma “Biz Topuriyani besh raund jang qilganini ko'rmadik” deydi.
Balki u besh raund jang qilar... Men uchun bu jang juda qiziq va taxminan imkoniyatlar 50/50. Agar Arman o'z uslubida jangni olib borsa, ehtiyotkorlik bilan g'alaba qozonishi mumkin. Lekin agar Topuriya zarba bersa — u yutadi", — dedi CHimaev.