SportUz.Net
iks
ads

Xorxe Masvidal sudda 5,3 million dollar yutib oldi

16.10.2025 14:51    


Rasmni yuklab olish

UFC faxriysi Xorxe Masvidal o'tgan yili Neyt Diasga qarshi o'tkazilgan boks jangi uchun gonorar to'lamagan Fanmio kompaniyasiga qarshi sudga davo arizasi kiritgandi.

Sud qaroriga ko'ra, promouter Masvidalga 5 315 268 dollar va qo'shimcha foiz to'laydi. Xorxe Dias bilan olti million dollar gonorarni ko'zda tutuvchi jang shartnomasini imzolaganidan keyin davo arizasi bergandi. O'shanda agar u g'alaba qozonsa, etti million dollarga ko'tariladi. Masvidal jangda mag'lub bo'lgan va yakunda faqat bir million dollar hamda 150 000 dollar avans oldi.

Masvidalning raqibi Neyt Dias ham Fanmio onlayn-platformasi hamda promouterni sudga berib, unga ham o'tkazilmagan to'lovlarni talab qilgan. Diasning so'zlariga ko'ra, Fanmio unga Masvidal bilan jang uchun 10 million dollar to'lashga rozi bo'lgan. Davoga ko'ra, Fanmio Diasga oldindan bir million dollar va jangdan keyin yana to'qqiz million dollar to'lashga vada bergan.

Ishni ko'rib chiqqan mustaqil hakam Dias foydasiga qaror chiqarib, unga olti million dollar, shuningdek, shaxsan javobgar deb topilgan Fanmio asoschisi Solomon Engelga qarshi 500 000 dollar miqdorida qo'shimcha jarima, advokatlar to'lovi va foizlarni tayinladi. Ayni paytda Dias ushbu arbitraj qarorining federal sudya tomonidan yakuniy tasdiqlanishini kutmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: