SportUz.Net
iks
ads

Usman Nurmagomedov fevralda jang o'tkazadi, raqib malum!

16.10.2025 14:09    


Rasmni yuklab olish

Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik 27 yoshli aralash yakkakurash ustasining navbatdagi jangi tavsilotlari malum bo'ldi.

Engil vaznda amaldagi PFL chempioni 2026 yilning fevral oyida oktagonga qaytadi. U o'z kamarini britaniyalik Alfi Devisdan himoya qiladi. Turnir BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi. 

Professional faoliyatini 2017 yilda boshlagan Nurmagomedov shu kungacha 20 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Janglarining 8 tasini texnik nokaut, 6 tasini sambishen bilan yakunlagan. Alfi esa 26 ta jang o'tkazib, 20 g'alaba, 5 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: