Ular orasida rossiyalik Irina Alekseeva ham bor. "Rus Rondasi" bilan birga tashkilotdan braziliyalik Andre Muniz, avstraliyalik Jastin Tafa hamda Guam vakili Brogan Uoker ishdan bo'shatildi.
Irina Alekseeva 2023 yilning aprel oyida UFC’dagi debyutini muvaffaqiyatli o'tkazgandi. O'shanda u birinchi raunddayoq Stefani Eggerni mag'lubiyatga uchratgan edi. Ammo keyin ketma-ket uchta jangda Melissa Mallins, Klaudiya Sigula va Beatis Meskitaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
O'tgan yili 35 yoshli rossiyalik Irinaning organizmida doping testi natijalariga ko'ra testosteron darajasi oshib ketgani aniqlangan va buning natijasida 12 oyga diskvalifikaciya qilingandi.