Hamyurtimiz 7 noyabr kuni Bangkok shahrida (Tailand) tashkil etiladigan ONE Fight Night 37 turnirida ishtirok etadi.
Xolmirzaevga o'sha kuni Janubiy Afrika Respublikasi vakili Villi van Rooen raqib bo'lishi kutilmoqda.
Avazbek so'nggi jangini iyul oyida yaponiyalik Tatsumitsu Vadaga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi. U faoliyati davomida hozirga qadar 13 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Villi van Rooen hisobida esa 7 ta jangda qo'lga kiritilgan 7 ta g'alaba mavjud.