Yaqinda PFL chempioni Nemkov promoushen bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagandi.
"UFC'dagilar uni ko'rishni istashmadi. Muzokaralar bo'ldi va bizga aniq javob berishdi: "Vadim chempion bo'la olishi mumkin, buni tushunib turibmiz. Ammo bizga rossiyalik chempion qiziq emas".
SHuningdek, Vadimga PFL'dan ham yomonroq sharoit taklif qilindi. SHunday deyishgani ham yaxshi. Aniq javob bo'lmaganidan ko'ra...", - dedi Fedor Emelyanenko.