SportUz.Net
iks
ads

"Qiziqarli jang bo'ladi, ammo tezda hal qilaman" - Merab Dvalishvili Petr Yan bilan revansh haqida

14.10.2025 14:42    


Rasmni yuklab olish

Merab Dvalishvili Petr Yan bilan revansh anonsiga munosabat bildirdi.

"Bu yaxshi jang bo'ladi. Yan sobiq chempion. Unda ko'plab g'alabalar bor. Qiziqarli jang bo'ladi, lekin men buni tezda hal qilaman. Men faolman. Mart oyida jang qilishga tayyorman. Fevraldagi turnir Avstraliyada bo'ladi, u kardga qo'shilmasam kerak. Mart oyida esa aniq jang qila olaman. 

Petr bilan munosabatim? Barchasi joyida. Uni jangchi sifatida hurmat qilaman. Bundan tashqari uning ajoyib oilasi, besh nafar farzandi bor. U yaxshi inson. Yaratgan uni qo'llasin", - dedi Merab Dvalishvili.

Eslatib o'tamiz, Merab Dvalishvili va Petr Yan o'rtasidagi jang 7 dekabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: