"Bugun rentgen javoblarini oldim. SHu narsa oydinlashdiki, menda menisk hamda tizza bog'lamalari uzilib ketgan. Lekin yaxshi xabar shuki, jarohatdan forig' bo'lish uzoq muddat olmaydi. Ammo, har qanday holatda ham jarrohliq stoliga yotishim shart. Operaciya 2-3 kundan keyin o'tkaziladi. Qafas ichida g'alaba uchun borimni berdim. Meni qo'llab-quvvatlaganlar uchun rahmat. SHu yilning o'zida kamarni qo'lga kiritishim kerak", - deya o'zining "Instagram" sahifasida xabar qoldirgan amerikalik UFC jangchisi.
Eslatib o'tamiz, Dillashou yakshanba tongida AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC on ESPN 27 tunirida ikki yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan hamda reytingning 2-pog'onasidan joy olgan Kori Sendxagenni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi