Eslatib o'tamiz, 14 sentyabr kuni Nagoyada o'tkazilgan jangda Ahmadaliev 12 raundlik jangda ochkolar evaziga Inouega imkoniyatni boy bergandi.
"Bu erda ko'p omillar bor. Bazi jihatlarni faqat sportchilar va murabbiylarning o'zlari tushunishadi. Murodjonda bundan yaxshiroq jang qilish imkoniyati bor edi. Bor salohiyatini namoyish eta olmadi.
SHuningdek, raqibning tezligini ham alohida etirof etmasak bo'lmaydi. Bundan tashqari, jangga bo'lgan ruxiy tayyorgarlik, janggacha bo'lgan munosabat, muhit shunga olib keldi. Buni baribir xech kimga tushuntirib, isbotlab bera olmaymiz.
Bizning jangga bo'lgan umumiy munosabatimiz biroz noto'g'ri bo'lib qoldi. Buni bo'ynimizga olamiz. Jang muddatini, vaqtni to'g'ri taqsimlamaslik bizga halal berdi.
Vaqt o'tgan sari, baribir Murodjon qanday bokschi ekanligini isbotlaydi.
- Jang vaqtida siz terma jamoamiz bilan Liverpuldagi Jahon chempionatida edingiz. Agar JCH vaqti bo'lmaganida, siz ham Yaponiyaga borib, shogirdingiz yonida bo'lardingiz deb o'ylaymiz...
- Albatta. O'zbekiston terma jamoasi - katta jamoa. Murodjon esa bir o'zi tushadigan professional jang. Bunga qanchalik harakat qilmay - men Ahmadalievning jangiga bora olmasdim. Bosh murabbiy sifatida O'zbekiston terma jamoasini tashlab keta olmasdim.
Uning yonida bo'la olmaganimdan albatta qiynaldim, afsuslandim. SHunday bo'lishi kerak ekan.
Murodjonning kuchiga menda umuman shubha yo'q. Vaqti keladi va o'shanda bu gaplarim to'g'ri ekanligi isbotlanadi", - dedi Qilichev olamsport.com sayti jurnalisti Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda.
World Boxing prezidentligi uchun Golovkindan tashqari yana bir boks afsonasi kurashadi