SportUz.Net
iks
ads

Jeyk Pol va Jervonta Devisning jang uchun gonorarlari malum

26.09.2025 15:24    


Rasmni yuklab olish

Taniqli bloger-bokschi Jeyk Pol hamda engil vazn toifasida WBA chempioni Jervonta Devis 14 noyabr kuni ko'rgazmali jangda o'zaro to'qnash keladi.

Ular bu jang uchun kafolatlagan 10 million dollardan mukofot puli olishladi. Biroq, bokschilarning yakuniy gonorarlari striming huquqlaridan ulush hisobiga sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Natijada Pol taxminan 50 million, Devis esa kamida 30 million dollar ishlab oladi.

Manbalarga ko'ra, jangchilarning asosiy daromadi tadbirni translyaciya qilish huquqini qo'lga kiritgan Netflix striming platformasi bilan tuzilgan bitimdan kelib chiqadi. Jang standart obuna bo'yicha xizmatning barcha obunachilari uchun mavjud bo'ladi va qo'shimcha to'lovni talab qilmaydi.

SHuningdek, o'zining eng qimmatli promouterlik kompaniyasi (MVP) orqali jang promouteri bo'lgan Jeyk Pol, kafolatlangan 10 milliondan tashqari, Netflix bilan striming shartnomasidan katta miqdorda pul oladi, natijada u taxminan 50 million dollar ishlab oladi. Bu Devisga qarshi jangni Polning faoliyatidagi eng daromadli jangga aylantiradi. Bu uning Mayk Tayson bilan jang uchun 40 million dollarlik gonoraridan oshib ketadi.

Jervonta Devis, o'z navbatida, Netflix bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnoma imzoladi. Bu esa, promouter Eddi Xirnning so'zlariga ko'ra, unga qo'shimcha 20 million atrofida daromad keltiradi va umumiy daromadni kamida 30 million dollarga etkazadi (boshqa manbalar bu raqamni 40 million deb atamoqda). Avvalroq Jervontaning eng katta gonorari 15 million dollarni tashkil qilgandi - u Rayan Garsiyaga qarshi jang uchun aynan shuncha haq olgandi.

Netflix’ning boks janglariga bo'lgan qiziqishi yuqori reytinglar bilan bog'liq. Jeyk Polning 2024 yilda Mayk Taysonga qarshi o'tgan jangi ham platformada namoyish etilib, 41 million tomoshabinni ekran qarshisida to'plagan va XXI asrning eng ko'p tomosha qilingan professional jangiga aylangandi.

Jeyk Pol va Jervonta Devis o'rtasidagi jang 14 noyabr kungi boks oqshomining asosiy voqeasi bo'ladi. Karddan to'rtta chempionlik jangi ham o'rin olgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: