SportUz.Net
iks
ads

Kay Asakura yangi vazn toifasiga o'tganini elon qildi

26.09.2025 16:06    


Rasmni yuklab olish

O'tgan yili UFC’da debyut qilgan va ketma-ket ikki marta mag'lub bo'lgan sobiq RIZIN chempioni Kay Asakura vaznini ko'taryapti.

Yaponiyalik aralash yakkakurash ustasi faoliyatining katta qismida jang o'tkazib kelgan eng engil vazn (57 kg gacha)dan o'ta engil vazn (61,2 kg gacha)ga ko'tarilishni rejalashtirmoqda.

"Men biroz tayyorgarlik ko'rish va o'zimni yana formaga keltirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun og'irroq vazn toifasiga o'tmoqchiman", - dedi Asakura o'zining shaxsiy kanalida elon qilingan videosida. - Men buni kimdir menga shunday maslahat bergani uchun emas, balki ichki menim shuni taqozo qilgani uchun amalga oshirmoqchiman. Men mag'lubiyatlarni g'alabaga almashtirishni istayman". 

Eslatib o'tamiz, Asakura 2024 yil dekabr oyida UFC’dagi ilk jangidayoq chempion Aleksandr Pantojaga qarshi oktagonga ko'tarilgan va ikkinchi raunddayoq unga bo'g'ish usuli bilan yutqazgan edi. Kay joriy yilning avgust oyida UFC 319 turnirida 38 yoshli Tim Elliottga ham aynan ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan imkoniyatni boy berdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: