"Baribir u tez edi. Hozir hammasi vaqtga borib taqalyapti. Agar yaxshiroq qizib olganimda, jang juda ham boshqacha bo'lardi. Oxirgi tayyorgarlik yig'inimda ham juda yaxshi formada edim. Vazn tashlashda ham qiynalmadim. O'zimni yaxshi formada his qildim. Ko'pchilik hayajonlandi, deyishi mumkin. Lekin yo'q, o'zimga ishongandim. Ringda nima qilishimni bilardim. SHuning uchun, men tomondagi voqealarni ham hisobga olinglar. Ringda harakat qildim, lekin oyoqlarim, tanam, qo'llarim o'zimga buysunmadi. Undan sekinroq edim. Qizib olishim yaxshi bo'lishi kerak edi. Men qo'limdan kelganicha harakat qildim. G'alaba ham, mag'lubiyat ham Allohdan. In SHa Alloh kuchli bo'lib qaytamiz", deydi Ahmadaliev.