SportUz.Net
iks
ads

Carukyan: "Maxachev bilan yo'llarimiz endi kesishmasa kerak"

18.09.2025 12:03    


Rasmni yuklab olish

Yil boshida Islam Maxachevga qarshi chempionlik revansh jangida ishtirok eta olmagan taniqli UFC jangchisi Arman Carukyan endi bunday imkoniyat tug'ilishiga shubha qilyapti.

"Yo'llarimiz boshqa kesishmasa kerak, chunki men bor etiborimni engil vaznga qaratmoqchiman, u yarim o'rta vaznga ko'tarildi va boshqa bu divizionga qaytmaydi. Unga chempionlikni qo'lga kiritishi va xohlagancha himoya qilishida omad tilayman. Uch yildan so'ng men o'zimni engil vazn toifasida chempion sifatida ko'raman va o'z unvonimni ishonch bilan himoya qilaman", deydi Carukyan.

Maxachev va Carukyan o'rtasidagi ilk jang 2019 yilning aprel oyida UFC Fight Night 149 turnirida bo'lib o'tgan va unda Islam ochkolar hisobi bo'yicha g'olib bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: