"Jangni ko'rdingiz. Bilaman, sizlarga yoqmadi. CHunki ringda o'zim xohlaganimdek ishlay olmadim. Sababi, mendan oldingi jangni chamasi 36 daqiqa ichida tugashini kutgandik, lekin u 3-4 raundda yiqildi. SHundan keyin bizga 15-20 daqiqa berishdi. SHuning uchun men qizish mashqlarini bajarolmadim. Kirishib ketishim qiyin bo'ldi. Ozgina vaqt etishmadi. SHuning uchun ringda o'zim xohlaganimdek ishimni bajarolmadim. Vazn tashlash jarayonidan keyin baribir ovqatlanasiz, vazn ortadi. SHu jarayonni men o'zimga bo'ysundira olmadim, chunki menga vaqt etishmadi. Ko'pchilik xohladi, men ham istadim mutlaq chempion bo'lishni. Ammo men qo'ldan kelganicha, ringga chiqib harakat qildim.", deydi Ahmadaliev OAV vakillari bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Murodjon 14 sentyabr kuni yaponiyalik Naoya Inouega ochkolar hisobi bo'yicha imkoniyatni boy bergandi.
Golovkin Qozog'iston boks terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida qanday fikrda?