SportUz.Net
iks
ads

Amirxon Alixo'jaev bilan to'qnash kelgan Daniil Donchenko UFC'ga o'tdi, u ilk jangini Qatarda o'tkazmoqchi

18.09.2025 11:12    


Rasmni yuklab olish

24 yoshli aralash yakka kurash ustasi, Ukraina vakili Daniil Donchenko faoliyatini UFC'da davom ettiradi.

U The Ultimate Fighter 33 shousining yarim o'rta vazn toifasidagi bellashuvlarida ishtirok etib, g'alaba qozongan edi. SHundan keyin Donchenkoga UFC shartnomasi berildi.

Daniil mazkur Ligadagi ilk jangini Qatarda o'tkazish niyatida:

"Ajoyib start. Endi o'yinga qaytish vaqti keldi! Men kattaroq janglarga ham tayyorman. UFC Qatar yoki UFC 323. Yanada ko'proq qonli janglar ko'rsatish niyatidaman", deb yozgan sportchi.

Malumot uchun, Daniil Donchenko faoliyati davomida hozirgacha 14 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirgan. U 2023 yilning mart oyida Naiza 50 turniri doirasida hamyurtimiz Amirxon Alixo'jaev bilan jang qilib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: