SportUz.Net
iks
ads

Kanelo - Krouford oqshomining to'liq kardi bilan tanishing

11.09.2025 18:27    


Rasmni yuklab olish

14 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida yirik prof boks oqshomi o'tkaziladi.

Uning markaziy jangi ikkinchi o'rta vaznda meksikalik mutlaq chempion Saul Alvares hamda super yarim o'rta vzan toifasida WBA kamari sohibi, AQSH vakili Terens Krouford o'rtasida kechadi.

Ikkinchi asosiy jangda esa franciyalik Kristian Mbilli va Argentina sharafini himoya qiluvchi Lester Martines to'qnash keladi. Jang ikkinchi o'rta vazndagi WBC Interim kamari uchun o'tkaziladi.

Oqshomning to'liq kardi quyidagicha:

Saul Alvares – Terens Krouford

Kristian Mbilli – Lester Martines

Sergey Bogachuk – Brendon Adams

Kallum Uolsh – Fernando Vargas

Ivan Dichko – Jermeyn Franklin

Stiven Nelson – Raiko Santana

Reito Tcutsumi – Xaver Martines

Marko Verde Alvares – Sona Akale

Sultan Almoxamed – Martin Karaballo.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: