SportUz.Net
iks
ads

Ahmadaliev Inoue bilan jang haqida: "Eng zo'ri ekanimni butun dunyoga isbotlayman"

11.09.2025 16:36    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev 14 sentyabr kuni Naoya Inouega qarshi bo'ladigan jang haqida fikrlarini bildirdi.

"Nihoyat Inoue bilan jang qilish imkoniyatini oldim. Bu erga etib kelish uchun og'ir mehnat qildim va jang oqshomi kuni o'zimning eng yaxshi tomonlarimni ko'rsataman. Faolyatimdagi eng zo'r formada bo'laman.

Men istalgan raqibni "silkita" olaman, kuchimga ishonaman va uni ishga solaman. Inoue ham istisno emas. Vazifam - uni taslim etish va buni uddalash uchun barcha ishni qilaman. Menda eng yuqori darajada raqobatlashish uchun barcha narsa bor.

Eng zo'ri ekanligimni butun dunyoga isbotlayman. U universal va har jabhada mahoratga ega. Ammo bu menga ham taaluqli. Ring barchasini ko'rsatadi - bu xech qachon yolg'on bo'lmaydi", - dedi Ahmadaliev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: